Bozorlik
ShoppingHealth & Fitness

Bozorlik

Sanjar Jabborov · released 16 Apr 2026 · Open in App Store ↗

Revenue 30d not estimated
Downloads 30d not estimated
Rating 5.00 19 reviews

No in-app products collected for this app.

Rating
Uzbekistan95%185.00
Kyrgyzstan5%15.00
United Arab Emirates<1%0
Afghanistan<1%0
Antigua And Barbuda<1%0
Anguilla<1%0
Albania<1%0
Armenia<1%0
Angola<1%0
Argentina<1%0

The store shows a different set in every country

Description

Bozorlik — xarid qilishni osonlashtiradigan aqlli ro'yxat ilovasi. Katalogdan mahsulot tanlang, ovoz bilan ro'yxat yarating, oila a'zolari bilan ulashing va hech narsani unutmang.

Katalogdan tez tanlash

200+ mahsulot kategoriyalarga bo'lingan. Sabzavotlar, mevalar, sut mahsulotlari, go'sht, non — kerakli mahsulotni bir tegish bilan ro'yxatga qo'shing. Har bir mahsulot uchun miqdor va o'lchov birligi

avtomatik belgilanadi.

Ovozli ro'yxat yaratish

Mikrofon tugmasini bosing va kerakli mahsulotlarni ayting. Ilova ovozni tanib, mahsulotlarni avtomatik ro'yxatga qo'shadi. Qo'llaringiz band bo'lganda juda qulay.

Oila bilan ulashing

Ro'yxatni bir tugma bilan oila a'zolaringizga yuboring. Ular ham mahsulotlarni qo'shishi, o'chirishi va sotib olingan deb belgilashi mumkin. Ruxsatlarni har bir ishtirokchi uchun alohida sozlang.

Telegram bot bilan sinxronlash

@uzbozorlikbot orqali yaratgan ro'yxatlaringiz iOS ilovada avtomatik ko'rinadi. Aksincha ham ishlaydi — ilovada yaratgan ro'yxatlaringiz Telegram Mini App'da paydo bo'ladi.

Eslatmalar

Xarid qilish vaqtini belgilang — ilova sizga eslatadi. Eslatmani ma'lum ro'yxatga bog'lang yoki oddiy eslatma sifatida qo'shing.

Taomlar va retseptlar

Nima tayyorlashni bilmayapsizmi? Taomlar bo'limidan retsept tanlang. "Tasodifiy taom" tugmasi sizga g'oyalar beradi. Ingredientlarni bir tugma bilan xarid ro'yxatiga qo'shing.